• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bo‘shliqdagi tojik-o‘zbek biznesi. Barcha mas’uliyat o‘z zimmasida

    O‘zbek-tojik biznesining rivojlanishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkin? Viza rejimidan tashqari, boshqa ko‘plab jihatlar ham bor. Asosiylaridan biri rivojlanishning turli bosqichlarida ekanligimizdir, deb yozadi Asia-Plus nashri.

    O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatga kelgandan so‘ng Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi keskin osha boshladi. Birinchi yarimyillik yakunlariga ko‘ra, 60 million dollarga yaqin savdoni amalga oshirganmiz, bu esa o‘tgan yilning shu davridan ikki barobar ko‘p.

    Respublikamiz bilan tovar aylanmasi tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Eron va Afg‘oniston kabi mamlakatlardan oldinga o‘tib, hozirgi paytda Tojikiston Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyadan keyin beshinchi o‘rinni egallamoqda. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar esa, tojik mansabdor shaxslari so‘zlariga qaraganda, “kun sayin tobora yaxshilanmoqda”.

    Biznes uchun imkoniyatlar juda ko‘p. Biroq...

    Hozirgi paytda tojik—o‘zbek chegarasida (atigi) ikkita nazorat-o‘tkazish punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Tojikistonda yaqin kelajakda qo‘shimcha punktlar ochilishi haqidagi gaplarni eshitish mumkin.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Savdo-iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash uchun joriy yilning boshida Dushanbeda ilk bor O‘zbekiston tovarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tojikiston mahsulotlarining javob ko‘rgazmasi sentabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

    Hammasi yaxshidek, biroq...

    Tojikiston iqtisodiy tahlilchisi Safar Nuralining fikricha, ayni damda O‘zbekiston iqtisodiyoti va kompaniyalari mamlakatimiz bilan savdo aloqalari uchun yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan.

    Uning fikricha, bu fakt kichik kapitalizatsiya va iqtisodiyotning turli sohalarida diversifikatsiya deyarli mavjud bo‘lmagan tojik biznesi uchun ma’lum bir xatarni yuzaga keltirishi mumkin.

    — 2016-yilda Tojikiston YaIM 6,8 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston YaIM bu paytda 67,2 milliardga yaqin ko‘rsatkichni tashkil etdi. Mamlakatimiz 2016-yilda 0,9 milliardlik summaga tovar va xizmatlarni eksport, 3,3 milliard dollarga import qildi.

    O‘zbekistonning bu vaqt mobaynidagi ko‘rsatkichlari: eksportda 12,5 milliard dollar, importda esa 12,1 milliardni tashkil etdi, deydi ekspert. — Qo‘shnimizning oltin-valyuta zahirasi taxminan 20 milliard dollarni tashkil etadi, bizda esa, norasmiy baholashlarga ko‘ra, 3 oyga yaqin import, ya’ni 0,6 milliard dollar atrofida.

    Joriy yilning birinchi yarimyilida tojik-o‘zbek ikki tomonlama tovar aylanmasi 59 million dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etdi. Har ikkala mamlakat umumiy savdo aylanmasining 34 million dollardan ortig‘i o‘zbek tovarlarining Tojikistonga importiga, 24 milliondan ortig‘i esa Tojikiston mahsulotlarining eksportiga to‘g‘ri keladi.

    Nuralining fikricha, ikki mamlakat o‘rtasida faol savdo munosabatlarini rivojlantirishga viza rejimi real to‘sqinlik qilmoqda. U mamlakatlar o‘rtasida 2000-yillar boshida joriy etilgan bo‘lib, faol hamkorlik va tovarlar, inson resurslari va kapitalning ochiq oqimiga imkon bermaydi.

    — Navbatdagi muhim jihat, — davom ettiradi ekspert, — Tojikistonda ham rasmiy, ham tijorat ayriboshlash kursi deyarli bir xil, o‘zgaruvchanlik esa juda kichik. O‘zbekistonda esa rasmiy valyuta kursi va undan deyarli ikki barobar yuqori “qora bozor” kursi mavjud. Shu tariqa, rasmiy konvertatsiya imkoniyatiga ega o‘zbek kompaniyalari bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlariga qaraganda ikki barobar ko‘p daromad qilishi mumkin. O‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda sotuvchi tojik kompaniyalari uchun bunga ruxsat berilish-berilmasligi — katta so‘roq.

    Tojikistondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda qo‘shni davlat kompaniyalarida ham bank va moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

    Plyuslar ham bor, ammo istiqbolda...

    Mamlakatlar o‘rtasida, — davom ettiradi Safar Nurali, — davlat chegaralarini belgilash bo‘yicha hamon savollar bor, janubiy Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi mavjud emas.

    — Tarixiy jihatdan So‘g‘d viloyati O‘zbekiston bilan yaqinroq bog‘langan, shuning uchun savdo aloqalarining aynan shu yerda tezroq yo‘lga qo‘yilishi ehtimoli yuqori. Biroq bu ham mamlakatlar o‘rtasidagi viza rejimi to‘liq bekor qilingandan keyingina amalga oshishi mumkin.

    — Shuningdek, tan olish kerakki, Tojikistonda o‘zbek kompaniyalari bilan raqobatlasha oladigan kompaniyalar juda kam, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi sohasida. O‘zbek kompaniyalari, biznikidan farqli ravishda, davlat tomonidan jiddiy qo‘llab-quvvatlanadi. Cheklangan kapital, eski texnologiyalar va eskirgan qurilmalar bilan kompaniyalarimiz tegishli darajadagi eksport salohiyatini namoyish eta olmaydi. Bu borada biz shubhasiz yutqazamiz, deydi Nurali.

    Boshqa tomondan, iqtisodchining ta’kidlashicha, O‘zbekiston bozori deyarli to‘rt barovar katta va tojik biznesi uchun qiziqarli istiqbollar ochadi.

    “O‘nyilliklar talab etiladi”

    Davlatlarimiz o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi aloqalarda asosiy to‘siq sanaluvchi viza rejimi borasida mahalliy va o‘zbek tadbirkorlarining fikrlari.

    O‘zbekiston yangi yuzyillik 2000-yillariga qadar Tojikistonning asosiy savdo sheriklaridan biri edi. Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi yillik savdo hajmi yarim milliard dollardan oshgan. 2007-yilda tojik-o‘zbek tovar aylanmasi 300 milliongacha qisqardi, 2014-yilga kelib esa u hatto 100 million dollarni tashkil etmadi.

    So‘g‘d viloyati biznesmeni Aziz Teshayev O‘zbekistondan Tojikistonga poyabzal uchun teri yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. U oxirgi vaqtlarda ikki mamlakat savdo-iqtisodiy aloqalarida hech qanday yaxshilanish sezmaganligini ta’kidlaydi.

    Uning so‘zlariga qaraganda, avval O‘zbekiston rasmiylari Tojikistonga teri eksportiga ruxsat bermagan, u So‘g‘dga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Hozir Toshkent bunga ruxsat berganligiga qaramasdan, endi bojxona, soliqchilar, militsiya va chegarachilarga to‘lov to‘lash lozim...

    — Kontrabanda bilan olib kirgan yaxshiroq: tashvish va xarajat kamroq, — deydi Teshayev.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Tojik biznesmeni To‘ra Xolmahmadov Dushanbedan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga atlas va adrasni eksport qiladi. U pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq muammodan shikoyat qiladi.

    — Bugun davlatlarimiz o‘rtasida pul o‘tkazmalarining oddiy pochta tizimi ham yo‘lga qo‘yilmagan, shartnoma tuzish uchun katta summadagi naqd pul bilan borish esa juda xatarli. Ikki davlat bank tizimlari o‘rtasidagi hamkorlik nol darajada, — deya ta’kidlaydi u.

    Toshkentlik tadbirkor Jonibek Ismatullayev joriy yil boshidan tojik bozoriga savdo markazlari uchun sovitish qurilmalarini yetkazishni boshladi. U butun javobgarlikni faqat o‘zining zimmasiga olib ishlayotganini ma’lum qiladi.

    — Toshkent va Dushanbe o‘rtasida tadbirkorlar va investorlar huquqlarini ikki tomonlama himoya qilish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy baza mutlaqo mavjud emas. Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun hoziroq mamlakatlarimiz poytaxtlarida zudlik bilan savdo-iqtisodiy vakolatxonalarini ochish, O‘zbek—Tojik ishchi kengashini tashkil etish lozim, — deya ta’kidlaydi Ismatullayev.

    Uning hamyurti, Qarshi shahridan tadbirkor Qosimberdi Holiqov maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mebel ishlab chiqarish korxonasiga ega. O‘tgan yilning oxiridan buyon u tojik bozoriga kirishga muvaffaqiyatsiz urinmoqda.

    Bugun Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aylanmalari asosan davlat tashkilotlari yoki yirik kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu sohaga o‘rta va kichik biznes vakillarining kirishi uchun hali o‘nyilliklar talab etiladi, — deydi u.

    31.08.2017, 17:23   Izoh (0)   14687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish haqidagi qarorni imzoladi

    31.08.2017, 16:51

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishi masalalari bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

    31.08.2017, 16:34

    “Xavfsiz shahar” loyihasi 2023-yilgacha butun O‘zbekistonni qamrab oladi

    31.08.2017, 16:18

    Infografika: 2016 va 2017-yil birinchi yarim yilligida “O‘zbеktеlеkom” АK keng polosali ulanish xizmatlarining rivojlanishi

    31.08.2017, 15:25

    O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 48-o‘rinni egalladi

    31.08.2017, 14:54

    Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilingan kun (video)

    31.08.2017, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.