AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik maktubini yo‘lladi. Maktub matni O‘zAda keltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident Janoblari!
Sizni va O‘zbekiston xalqini 1-sentabr kuni nishonlanadigan mamlakatingiz mustaqilligining 26 yilligi bilan Amerika xalqi nomidan muborakbod etaman.
O‘zbekiston milliy bayrami hamda Sizning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatingizning birinchi yili yakunlanayotgani munosabati bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida qat’iy ekanimizni tasdiqlamoqchiman.
Biz Sizning rahnamoligingizda amalga oshirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta’minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga ushbu qutlug‘ sanani shodu xurramlik bilan nishonlashni tilayman.
Hurmat bilan,
Donald Tramp,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Izoh (0)