Avtsraliya shimoli-sharqidagi Kvinslend shtatida mamlakatning mustakamlaka o‘tmishiga borib taqaluvchi joy nomlarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda, Brisbane Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ko‘pgina tepaliklar, daryolar, soylar nomlarida “nigger” komponenti saqlanib qolgan. Ilgari bu so‘z bilan barcha qora tanlilar atalgan, ammo bugun uni gapiruvchining irqchilik tarafdori ekanligini ko‘rsatadi.
Mahalliy jamoatchilik ushbu masalani shu yilning may oyida ko‘tarib chiqqan edi, ammo rasmiylar endigina o‘zgarishlar qilishga rozilik berdi.
Aytilishicha, shtatda Nigger va Nigger Xed tog‘lari, shuningdek, Nigger Krik nomli yetti daryo va soy bor.
Izoh (0)