Iroq poytaxtining sharqiy qismida ro‘y bergan portlash oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Yana 25 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda.
AP’ga ko‘ra, portlovchi modda o‘rnatilgan avtomobil shahar bozori yaqinida portlagan. Bozor shialar mahallasida joylashgan.
Hozircha biror guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)