London qirollik jamiyati olimlari delfinlarning yangi turini aniqladi. Unga Inermorostrum xenops nomi berildi, deb xabar qiladi Meduza.
Tadqiqotchilar jonivorning bosh chanog‘ini Uondo daryosidan (Janubiy Karolina shtati) topdi. Tahlil delfin Janubiy Karolina hududida 30 million yil muqaddam yashaganini ko‘rsatdi. U zamonaviy delfinlardan jiddiy farq qilgan.
Inermorostrum turining yuzi yapaloq bo‘lgan, og‘zida esa tishlari bo‘lmagan. Delfinning tanasi uzunligi 1,5 metrni tashkil qilgan. Qiyos uchun, kulrang delfinning uzunligi — 3 metr, afalinada — 4 metr.
Inermorostrum qirilib ketgan Xenorophidae oilasiga mansub bo‘lib, ular tishli kitlardan kelib chiqqan (bugun ushbu turkumga kiruvchi kashalot va dengiz cho‘chqalari turlari tirik).
Tadqiqot mualliflaridin biri — Robert V. Bessenekerning so‘zlariga qaraganda, delfinning tishlari bo‘lmagani uchun u o‘ljasini so‘rib olib yutgan.
Olimlarning fikricha, ushbu delfin sayozlikda yashab, tubdan baliq va kalmarni ovlagan. O‘ljani tezroq topishda unga mo‘ylablari yordam bergan.
Izoh (0)