• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Shaffof ishlaydi deb ishontirilgan O‘FF kichik xatoga yo‘l qo‘ydi va yolg‘on axborot bilan chiqish qildi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishi kunning eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzusi bo‘lib turibdi. JCh—2018 saralashining ikki muhim o‘yini oldidan o‘zbekistonlik ishqibozlar bosh jamoa futbolchilarini ko‘rish imkoniyatidan mosuvo. Shuningdek, terma mashg‘ulotlari OAV ko‘zidan panada o‘tkazib kelinmoqda.

    Foto: “Stadion.uz”

    Foto: “Stadion.uz”

    Muxlislarsiz o‘yin haqida birinchi “Championat.asia” saytida o‘qidim. Bunda Qirg‘iziston tomoni shuni iltimos qilayotgani aytilgandi. Rostini aytsam, bu holat menga biroz kulguli ko‘rindi. Qo‘shni mamlakat termasiga qarshi safar uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishni so‘rash Qirg‘iziston tomoni uchun mutlaqo kerak emas, deb bilaman. Bungacha qo‘shnilardan Tojikiston va Turkmaniston o‘zaro o‘ynadi, Qozog‘iston esa Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushdi. Ularning barchasida stadionga minglab muxlislar tashrif buyurdi. Nega endi Toshkentdagi uchrashuv muxlislarsiz o‘tishi Qirg‘iziston uchun kerak bo‘lib qoldi?

    Bundan roppa-rosa 1 yil avval O‘zbekiston termasi Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuvga erishgandi. Hatto o‘shanda ham muxlislarsiz o‘yin haqida gap bo‘lmagan. O‘zbekiston tomoni Ekvatorial Gvineya varianti chiqqanidan so‘ng, Qirg‘iziston bilan o‘yinni bekor qilgan, yakunda ikkisidan ham quruq qolgandi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    O‘FF bahonasi haqida

    Kecha — 22-avgust kuni O‘FF bu borada rasmiy axborotini taqdim etdi. Bunda har ikki tomon o‘zaro kelishib, cheklanmagan miqdorda futbolchi almashtirishga qaror qilgan. Shu boisdan mazkur bellashuv xalqaro o‘rtoqlik maqomiga ega bo‘lmaydi. Bunisi to‘g‘ri, FIFA nizomida 6 tadan ko‘p o‘zgarishga qo‘l uriladigan o‘yinlar “A” toifiga kiritilmaydi, balki sinov-nazorat o‘yini sifatida kvalifikatsiyalanadi. Bunday o‘yinlarni FIFA tan olmaydi va o‘z reytingiga kiritmaydi.

    Endi esa O‘FF bayonotini boricha keltiraman:

    FIFAning 2017-yil 26-iyulida tashkilotga a’zo federatsiyalarga yuborgan 1593-raqamli sirkulyariga ko‘ra, bunday nazorat uchrashuvilarining targ‘iboti, o‘yinga chipta sotish, o‘yinni translyatsiya qilishga ruxsat berilmasligi munosabati bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nazorat o‘yini translyatsiya qilinmaydi.

    O‘FF bayonoti

    Hozir qo‘limda nomi tilga olingan 1593-sirkulyar turibdi.

    Foto: FIFA

    Foto: FIFA

    Foto: FIFA

    Foto: FIFA

    Uni ikki qayta o‘qib chiqib ham, o‘yinga chipta sotish, uni translyatsiya qilish borasida birorta gap topa olmadim. Bundan kelib chiqadiki, O‘FF yolg‘on bayonot bilan chiqish qilgan.

    Birinchi galda O‘FF Qirg‘iziston tomoni muxlislarsiz stadionni iltimos qilayotgani haqida aytdi, ertasi kuni esa FIFA nizomini o‘zgartirib, bayonot berdi. Ya’ni, birinchi gap ikkinchisiga mos kelmadi. Shuningdek, qirg‘izistonlik jurnalist do‘stlarimiz ikki kun avval federatsiya xodimlari bilan gaplashganida, yopiq o‘yin borasida QFFning xabari bo‘lmagan. Katta ehtimol bilan bu O‘FF tashabbusi bo‘lib chiqmoqda.

    Nega shunday xulosaga keldim? Birinchidan, Qirg‘iziston termasi O‘zbekistonga qarshi uchrashuv o‘tkazish uchun ko‘p narsaga tayyor, bu raqib uchun katta maktab vazifasini o‘tab beradi. Qolaversa, “кто платит, тот и заказывает музыку” degan naqlni ham unutmaslik kerak. Qirg‘iziston uchun muxlislar bor stadionda o‘ynaydimi yoki muxlislarsiz chamamda katta ahamiyati yo‘q. O‘FF bayonotidagi chalkashliklar va FIFA nizomida ko‘rsatilgan bandlarning aytilayotgani shubhani ikki barobar oshiradi.

    Bunda yana bir jihat bor, “Bunyodkor” stadioni katta ehtimol bilan uchrashuvning muxlislarsiz o‘tishini avvaldan bilgan bo‘lishi mumkin. Stadion chipta chiqarish va uni sotish uchun tayyorgarlikni avvaldan boshlaydi. Demak, u avvaldan ogohlantiriladi. “Bunyodkor” ogohlantirilib, bayonotgacha ikki kun qolganida Qirg‘iziston tomoni bundan bexabar bo‘lishi shubhani yanada oshiradi. “Bunyodkor” shuning uchun ham ogohlantiriladiki, o‘yin davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun Ichki ishlar vazirligiga o‘z vaqtida axborot taqdim etilishi shart. Demak, muxlislarsiz o‘yin masalasi kechagi uchrashuvda hal etilmagan, avvaldanoq shunday reja bo‘lgan.

    Foto: CA

    Foto: CA

    Raqiblarda nima gap?

    25-avgust FIFA kuni hisoblanmaydi. Shundan kelib chiqib, asosini legioner futbolchilar tashkil qiladigan O‘zbekiston, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron kabi mamlakatlar JCh saralashi oldidan xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida qiyinchilikka duch keladi. Ya’ni, ular bu vaqtda legioner futbolchilar xizmatidan foydalana olmaydi.

    Qatar esa Turkmanistonga qarshi o‘ynamoqda, Suriya Malayziya bilan bellashishi, Tailand o‘z ligasining legionerlariga qarshi saf tortishi mumkin. Oldingi ikki o‘yin FIFA reytingida hisobga olinadi va “A” toifa reglamentiga amal qilinadi. Tailand esa mamlakatda to‘p surayotgan xorijiy legionerlariga qarshi o‘yinidan tushadigan pulni xayriya yo‘lida sarf etishi haqida Facebook sahifasida ma’lumot berdi.

    O‘zbekiston tanlagan yo‘l mutlaqo boshqa. O‘yin yopiq, mashg‘ulotlarning ham OAV ko‘zidan panada o‘tayotgani Qirg‘iziston mavzudan tashqarida ekanini ko‘rsatib turibdi. Yo‘qsa, o‘yin panada o‘tsa-da, futbolchilarning mashg‘ulot bu qadar yashirin bo‘lmasdi.

    Xulosa

    Bosh jamoaning muxlislar bilan yaqinlashish o‘rniga, ulardan qochishga harakat qilishi tushunarsiz holat. Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvga tashrif buyuradigan ishqibozlar katta ehtimol bilan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularga rasmiy o‘yinlarda omad tilashi, ruhiyat berishi va kayfiyatini ko‘tarish uchun xizmat qilishi mumkin edi.

    Iqtisodiy tomondan olib qarasak, O‘FF chipta sotish orqali ham biroz foyda qilishi ham mumkin edi. “Terma jamoamiz muhim uchrashuvlar arafasida turibdi, Qirg‘izistonga qarshi o‘yin buning uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Stadionga keling, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlang, biz bir jamoamiz va maqsad sari birgalikda kurashamiz”, — deb “Sport”da rolik bersa, kelardi 10 ming bo‘lsa ham ishqiboz. Eng arzon chipta 10 mingdan, qimmati 30 mingdan sotilsa, O‘FF uchrashuvga ketgan harajatlarini qisman chiqarib olishi mumkin edi.

    Babayan noto‘g‘ri ish qildi demoqchi emasman. Natijaga u javobgar. Agar futbolchilarini hammadan yashirishni istasa — bemalol. Xitoy va Janubiy Koreya taslim etilsa hamma xursand, yo‘qsa, hammasiga o‘zi javob beradi. Umuman murabbiy taktikasini hurmat qilishimiz kerak.

    Foto: Vk.com

    Foto: Vk.com

    Ammo xatoni xato bilan to‘g‘irlashga urinish — katta xato. FIFA nizomida yo‘q narsani bor deb ko‘rsatish, futbol jamoatchiligiga nisbatan hurmatsizlik. Davrimizda axborotni yashirishga urinishni oqlab bo‘lmaydi, buning iloji yo‘q. Biz bugun QFFga ham, FIFAga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishimiz, bor haqiqatni bilishga urinishimiz mumkin. O‘FFning vazifasi esa haqiqatni yashirmay, bor gapni aytish. Sardor Rahmatullayev Xalqaro press-klubda shaffoflik haqida bong ursa-yu, shunday katta tashkilot arzimagan ishlarni deb “qovun tushirib” yursa, uyat bo‘lib ketsa kerak.

    Foto: Xalqaro press-klub

    Foto: Xalqaro press-klub

    Ha, aytgancha, Qirg‘izistonga qarshi o‘yinimizni xitoyliklar ko‘rib qolgani bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Termani asosiy futbolchilari legionerlar ekani inobatga olinsa va aynan ular rasmiy o‘yinlarda muhim figura ekani aytilsa, Xitoy O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning Qirg‘iziston bilan o‘yinidan hech narsani tushuna olmaydi. Qo‘rqmaslik kerak, muxlislarni hurmat qilish kerak. Biz istayotganimiz bor-yo‘g‘i shu.

    23.08.2017, 14:45   Izoh (0)   45136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasini yopib, diplomatlarni chiqarib yuboradi

    Dunyo | 12 may, 18:15

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    O‘zbekistonda ahil oilalar hamda yosh kelin-kuyovlar ishtirokida “Oilalar sayli” o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 12 may, 18:00

    Fransiya 2040-yilgacha robot armiyaga ega bo‘ladi

    Dunyo | 12 may, 17:50

    Devid va Viktoriya Bekxemning kelini ularni “zahar va o‘ziga bino qo‘ygan” deb hisoblaydi

    Layfstayl | 12 may, 17:40

    Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi bolalarga “Katyusha”ni yodlatgani uchun ishdan olindimi?

    O‘zbekiston | 12 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.