• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Gulsanam Mamazoitova: “Bugungi estradaning 80 foizi tadbirkorlik bo‘lib qoldi”

    “Darakchi” gazetasi muxbiri Sadoqat Allaberganova xonanda Gulsanam Mamazoitova bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat matnini “Darakchi.uz” nashri e’lon qildi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    — Prezidentning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda estrada san’atini tanqid qilganlarida shu sohaning vakili sifatida ijodingizga tanqidiy nazar tashlab, aybdorlik hissini tuydingizmi?

    — Albatta! Nafaqat menda, balki uchrashuvga yig‘ilganlarning hammasi aybdorlikni his qildi, nazarimda. Ma’ruzani eshita turib, yosh xalq artisti sifatida qilishga ulgurmagan ishlarim, zamonaning zayli bilan repertua­r­imda umr­boqiy qo‘shiqlarimning kamligi, ko‘pgina ijodkorlar qatori yengil-elpi qo‘shiqlarni ham ijro etayotganim xususida o‘ylanib qoldim. Achchiq haqiqat bo‘lsa ham tan olish kerak, san’atkorlar birinchi o‘ringa pulni qo‘yadigan bo‘lib qolganmiz. Bu kabi o‘ylar tinchlik bermadi, shu sohaning jonkuyar vakili sifatida albatta, uyaldim.

    — Davlatimiz rahbari o‘z tajribasidan kelib chiqib, katta tadbirlar — Mustaqillik, Navro‘z, Konstitutsiya bayramlarini o‘tkazishda eng qiynaydigan, xunobni chiqaradigan estrada dasturi ekanini aytdilar. Siz ham bu kabi holatlarni kuzatgan bo‘lishingiz kerak...

    — E’tibor bersangiz, Mustaqillik bayramida yangragan qo‘shiqni Navro‘z bayramida ham eshitib qolasiz, bayram repertuari deyarli bir xil. Davlat tadbiri bo‘lgani uchun qo‘shiqning so‘zlari, musiqasi, musiqiy sayqali, ijro mahoratiga e’tibor berish shart. Shu nuqtai nazardan bayramda muxlislarning “chig‘irig‘i”dan o‘tgan qo‘shiqlardan foydalanishadi.

    — “Muxlislarning “Yana eski qo‘shig‘ini kuylabdi!” degan e’tirozlari asossiz”, demoqchimisiz?

    — Har bir bayramga kamida ikkita yangi: xalqona va vatanpar­varlik ruhidagi qo‘shiqlarni taqdim qilamiz. Tanlov esa bayram tashkilotchilarida qolgan gap. Gohida kamchilik o‘zimizdan o‘tib, belgilangan tartib-qoidaga mos bo‘lmagan qo‘shiq kuylab qo‘yamiz.

    — Ayb xonandalarning o‘zida ekan-da, talabga javob beradigan qo‘shiq yozolmayapsizlar...

    — Shunday deysizku, yillar o‘tib o‘sha qo‘shiqlarimizdan ham foydalanishyaptida.

    — Uchrashuvda “xalq artisti” degan unvon olish uchun san’atkor necha o‘n yillar samarali ijod qilishi talab etilgani haqida so‘z yuritildi, mashhur hofiz Tavakkal Qodirovni misol keltirildi. Haqiqatda, O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqova va Rayhon G‘aniyeva. Quloqqa qanday eshitilyapti?

    — To‘g‘ri, unvon egalari yosh jihatdan “yosharib” ketyapti. Unvon bu — e’tibor va e’tirof. Bordi-yu, unvonga yosh bo‘la turib sazovor bo‘lgan bo‘lsak, bildirilgan ishonch va mas’uliyatni oqlashimiz shart!

    — Xonandalarning o‘ziga belgilab qo‘ygan marrasi unvon olgunchami?

    — Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi-da. Masalan, men “xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lganimda ko‘p narsalarda o‘zimga chek qo‘ydim. Avvalo, fonogrammada konsert berishdan voz kechdim, davlat tadbirlaridan tortib to‘y­largacha milliyligimizni tar­g‘ib qiladigan liboslar kiyishga e’tibor qaratdim, intervyu berishda ham har bir gapimni o‘ylab gapiradigan bo‘ldim. Rostini aytaman, oldinlari bu jihatlarga u qadar e’tiborli emasdim. To‘g‘ri, unvonni yosh oldim, lekin bu menga foyda bo‘ldi. Kibrlanib ketganim yo‘q, aksincha o‘ta mas’uliyatli inson sifatida shakllandim. Ijoddan to‘xtab qolganim ham yo‘q. Yiliga albom chiqaryapman, bitta bo‘lsa ham klip suratga olib taqdim qilyapman. Bu ijod mahsullarim professional shoir va bastakorlar bilan hamkorlikda ishlangan. Qo‘shiqlarimning ba’zilari yengil bo‘lsa-da, ma’no-mohiyati bor. Yillar o‘tib, yosh ijrochilar qayta kuylasa bo‘ladigan va o‘zim ham “Eh, shunday qo‘shiqlar kuylagan ekanman”, deb uyaladigan qo‘shiqlar emas.

    — Fonogrammada konsert bermaslik bu — qahramonlik emas, xonandaning kasbiy vazifasi-ku!

    — Lekin hamma xonandalar ham bu majburiyatini his qilmayapti-da. Bizning og‘riqli nuqtamiz ham shu. Avvallari fonogrammadan foydalanib qo‘shiq kuylaganimda ham mumtoz qo‘shiqlarni jonli ijro qilmaslikka uyalardim. Hozir to‘ylarda ham jonli ijrodan foydalanyapman, o‘zimga nisbatan talabchanligim oshdi, o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlaydigan bo‘ldim.

    — Xonandalarning goh Yangiyo‘lu Shovot, goh Yangiqo‘rg‘onu Chiroqchiga to‘yga qatnashi ham tanqid qilindi. Siz ham shu “kema”dasiz...

    — Albatta. Sira to‘y birlamchi bo‘lib, tadbirlardan bosh tortgan emasman. Yaqinda ham Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga tadbirga borib keldik. Istagim, hamkasblarim xalqimizning yaxshi kunlarida xolis xizmat qilishdan qochishmasin. Pulli xizmatdan xolis xizmatning mukofoti, savobi katta, deb o‘ylayman.

    — Yurtboshimiz aytganlaridek, dabdabali to‘ylarga barham berishga hissa qo‘shish maqsadida mo‘may puldan voz kechib, eshigingizni taqillatib kelgan odamga “To‘yingizga bormayman!” deya olasizmi? “Gulsanamni falon pulga olib keldim”, degan fikrlar ham dabdabali to‘ylar o‘tishiga bir omil, axir...

    — Puldan voz kechib, “bormayman” deya olaman, lekin ularda yomon taassurot qoldirishim mumkin. Moddiy manfaatdan kechib, xolis xizmat qilgan vaqtlarim ko‘p bo‘ladi. Faqat minnatga kirib qolmasin, deb buni oshkor qil­mayman.

    — O‘zbekistonda estrada ijodkorlari aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishdan topadigan daro­madlari bo‘yicha soliq to‘­lash majburiyatidan ozod qilingan. Yilda bir marta belgilangan tartibda ma’lum miqdordagi mablag‘ni to‘lab litsenziya oladi, tamom. Vaholanki, xonandalar litsenziyaga to‘laydigan pulini bitta to‘yda topadi. Gulsanam Mamazoitovaning to‘y xizmatlari narxi nimaga qarab belgilangan?

    — Ijodiy jamoamning soniga qarab belgilangan. Lekin poytaxtdagi to‘ylarga chiqadigan hamkasblarim oladigan xizmat haqining teng yarmiga boraman to‘ylarga. Imkoniyati yo‘qlarning albatta, sharoitiga qarayman.

    — Efirga berilayotgan ba’zi klip, qo‘shiq va raqslarni kuzatib, “ommaviy madaniyat” tahdidini sezish qiyin emas. G‘arbga taqlid sezilib turadigan bunday “ijod namunalari”ni oila, farzandlar davrasida tomosha qilib bo‘lmaydi. Shu ma’noda mana shunday kliplar ishlayotgan, qo‘shiqlari sayoz ham­kasblaringizga nimalar degan bo‘lardingiz?

    — Xatoni to‘g‘rilash uchun hali ham kechmas. Musiqiy bilimi yo‘qlar ikki soat restoranda o‘tirish o‘rniga pedagoglarning oldiga borib saboq olsin, o‘z ustida ishlasin, avvalo adabiy tilimiz va chet tillarini o‘rgansin. Shu yo‘sinda kamchiliklar bartaraf etilsa, tanqidlarga o‘rin qolmaydi.

    — Prezidentimiz ham san’atda 50 foiz sohaviy bilimi yo‘qlar ishlayotganini ta’kidladilar. Professional ijodkor sifatida sahnani qizg‘anmaysizmi?

    — Avvallari qizg‘anardim, hozir yo‘q. Chunki haqiqatni hamma ham to‘g‘ri qabul qilmas ekan. Bir intervyuimda ochiq-oydin gapirgandim, ko‘pchilikka yaxshi ko‘rinmadim. Bir-birimiz bilan salom-alik qilmasak-da, boshiga ish tushsa hamdard bo‘lamiz, kasbdoshmiz, avvalo o‘zbekmiz! Shaxsan men san’atkorlar oilasida tug‘ilganman va shu sohada bilim olganman. “Hamkasblar”im sohaviy bilimga ega bo‘lmagani uchun ham qilayotgan ishini o‘zi uchun to‘g‘ri deb biladi. “Qo‘shiq yozdim, muxlislarga yoqdi, mo‘may daromad topyapman”, deya bugungi kun bilan yashaydi, ularni ertangi kun tashvishga solmaydi. Eng yomoni, o‘z ortidan ergashtirib, yosh avlodni ham shu yo‘sinda yashashga o‘rgatib qo‘yishyapti. Ularni bu “botqoq”dan olib chiqish uchun o‘qitishimiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishimiz kerak, agar qabul qilsa, albatta. Havaskor “shifokor”ga hayotimiz, sog‘ligimizni ishonib topshirib qo‘ymaymiz-ku, nega ma’naviyatni e’tirozsiz “havaskor”lar qo‘liga tutqazyapmiz. Ustozimiz Ozodbek Nazarbekov ma’naviyatni buzayotganlarni qonuniy javobgarlikka tortish haqida o‘rinli fikr aytdi.

    — Bugun estrada necha foiz tadbirkorlik bo‘lib qoldi?

    — 80 foiz tadbirkorlik. 20 foizini esa professional iqtidorlar tashkil qiladi.

    — Gulsanam Mamazoitova 80 foiz sirasidami yo 20?

    — 20 foizning ichidaman. 80 foiz tadbirkorlik bilan kurashda televideniye va radioning ham o‘rni katta. Madaniyat va san’atimizni targ‘ib qiladigan OAV bo‘lgani bois moddiy manfaatdorlikni chetga surib, yengil-elpi emas, kishiga ma’naviy ozuqa beradigan ijod mahsullarini “proma” qilishi kerak. Agar ular estradaga qaratayotgan e’tiborini milliy yo‘nalishga bursa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Birgina misol, milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlarimni OAVlarga olib borsam, ba’zilari “bizning formatdagi qo‘shiqmas, qabul qilmaymiz”, deydi. Kechirasiz-u, milliy qo‘shiqlarimiz o‘zbek OAV va to‘ylarida yangramasa, qayerda yangraydi, bu ijod mahsullarimizni qayoqqa olib boraylik?

    — Televideniye, radiolarda badiiy kengash yo‘qligi shunday salbiy oqibatlarning kuchayishiga sabab bo‘lyapti...

    — Balki u yerda ham diplomsiz, soha mutaxassisi bo‘lmaganlar o‘tir­gandir...

    — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandalarga kategoriya belgilab, musiqiy bilimiga qarab litsenziya berishni joriy qilsa va televideniye, radioga shu asosda chiqariladigan bo‘lsa-chi?

    — Kategoriya masalasida fik­ringizga qo‘shilaman. Musiqiy bilimi yo‘qlarga esa soha bo‘yicha ta’lim olmagunicha, litsenziya berish kerak emas. Shou-biznesni tartibga solmoqchi bo‘lishsa, shu haqda o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi.

    — Bugungi kunda san’atkor odobi, ularning yurish-turishi, kiyinish madaniyati, muomalasi masalasi ham katta muammolardan biri bo‘lib qoldi. Xushovoz xonanda Sanobar Rahmonovadek hamkasblaringizni sanab berolasizmi, barmoqlaringiz ortib qolmaydimi?

    — Sanab o‘tgan omillaringiz hozir avvalgiga nisbatan anchayin yaxshilangan. Tadbirlarga “Osiyo ramzi” dizaynerlar va modelerlar uyushmasi boshqaruvi raisi Xolida Komilovaning nazorati ostida chiqamiz. Televideniyedagi rahbarlarga balki ayrim hamkasblarimning kliplari yoqayotgandirki, efirga e’tirozsiz berishyapti (kuladi). Lekin haqsiz ba’zi ayol xonandalar majlislarga shortik, to‘ylarga maykada kirib borishyapti.

    — Prezidentimiz “O‘zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etib, mazkur klub a’zolari muntazam yig‘ilishib, yurtimiz va jahon san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qilib, tilga olingan kamchilik va muammolarni yechish, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib borish taklifini berdilar. Aytilganidek, Gulsanam Mamazoitova yil yakunida klubning eng faol a’zosi sifatida e’tirof etilib, rag‘batga loyiq ko‘rilarmikan?

    — Judayam umid qilaman! Ijodimdan tashqari san’atning rivojiga foydam tegsa, boshim osmonga yetardi, ochig‘i buni orzu qilardim.

    — O‘zbekiston xalq artistlarining har biriga bittadan san’at kolleji yo musiqa maktablariga borib rahbarlik qilib, yuzlab shogirdlar yetishtirishni tayinladilar. Gulsanam Mamazoitova qay biriga rahbarlik qiladi va shogirdlari nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi?

    — Qay birini munosib ko‘rishsa, o‘sha yerga boraman. Shogirdlarimdan esa birinchi navbatda puxta bilim olish, tarbiyasi, ichki madaniyatining go‘zalligini talab qilaman. Chunki ovozi zo‘r degani bu — ko‘ngliga kelgan ishni qilish huquqiga ega, degani emas.

    — “Istiqlol” san’at saroyining mavqei tushib ketmadimi? Axir bu san’at saroyi san’atkorlar uchun orzu darajasida bo‘lishi kerak emasmi?

    — Aslida shunday bo‘lishi kerak. Konsert zaldan tijorat uslubida foydalanilayotgani uchun bugun shu ahvolga kelib qoldi. Ochig‘i, san’at o‘ninchi darajaga tushib qolgan, pul birlamchi. Uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lishsa, ahvol yaxshilanib, ehtimol, biz ham “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishga yaroqsiz bo‘lib qolarmiz (kuladi). Farrux Zokirov, Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Abdullayeva, Zulayho Boyxonova, Abduhoshim Ismoilov, Kumush Razzoqova kabi faqatgina ustoz san’atkorlarimiz konsert berishsa ham roziman va shogird sifatida bundan faqat xursand bo‘lamiz, o‘rnak olamiz.

    — Mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda Gulsanamning salomga yarasha aligi qanday bo‘ladi?

    — Har bir tashkilotda shoir, bastakor, klipmeyker, dizayner, jurnalist kabi sohani tushunadiganlardan iborat badiiy kengash tashkil qilish kerak. Eng muhimi, professional mutaxassislarimiz yetarli, faqat ularni birlashtirish lozim. Va bu ishning boshida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi turishi kerak. Yo‘qsa, bari eski hammom, eski tos bo‘lib qolaveradi.

    — Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hozirgidek emas, talab darajasida ishlashi shart!

    — Prezidentimiz bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng chiqa­rilgan to‘g‘ri xulosalar natijasi vaqti kelib, albatta bo‘y ko‘rsatadi va o‘zbek san’ati biz xohlagan natijalarga erishadi.

    23.08.2017, 08:55   Izoh (0)   25279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jasur Umirov osmonga qarab kuylashi, ko‘p ma’mur almashtirishi va kuzda uylanayotgani haqida

    20.08.2017, 08:38

    Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak

    19.08.2017, 09:48

    Alixan: Tanamga tatuirovka chizdirganimdan ming afsusdaman, ammo o‘chirishga va’da beraman

    18.08.2017, 18:14

    “Ozodbek Nazarbekov meni masxara qilyapti, deb o‘yladim”. Maxset O‘temuratov o‘zi ijro etgan Chingizxon roli haqida gapirib berdi

    18.08.2017, 11:12

    Maxset O‘temuratov: Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlarning ko‘pchiligi bu nomga noloyiq

    18.08.2017, 10:58

    Oyxon Iforzoda: qomatingizning tashvishini qilmang, muhimi — farzandingizning salomatligi

    18.08.2017, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messining kelajagi deyarli hal bo‘ldi

    Sport | 23 iyul, 12:17

    Ozarbayjon samolyotini urishga buyruq bergan rus generali lavozimi oshdi — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 12:13

    “O‘zgidromet” 24-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:40

    Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tekshirish va emlash taklif qilindi

    Dunyo | 23 iyul, 11:35

    Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarmoqchi

    Sport | 23 iyul, 11:20

    Spilbergni depressiyadan qutqargan, hatto gorillani kuldira olgan buyuk aktyor — Robin Uilyams haqida siz bilmagan 4 ta fakt

    Shou-biznes | 23 iyul, 11:20

    Toshkent havosini ifloslantiruvchi zarralar 23-iyulda 6 baravar oshdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.