• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Oyxon Iforzoda: qomatingizning tashvishini qilmang, muhimi — farzandingizning salomatligi

    “So‘g‘diyona” gazetasi boshlovchi Oyxon Iforzoda bilan intervyu uyushtirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    — Yosh, ijodkor onaning hayoti qanday o‘tyapti?

    — Juda qiziq! “Kechalari uyqu yo‘q” degan so‘zlar rost ekan. Bunga o‘zim guvoh bo‘lyapman. Ammo shunga qaramay onalikning yoqimli, shirin tashvishlari-da bu! Menimcha, har bir ayol bola parvarishining qanday mashaqqati bo‘lishidan qat’i nazar ona bo‘lishni niyat qiladi!

    — Ilk bor farzandingizni qo‘llaringizga tutqazishganidagi hissiyotlarni eslaysizmi?

    — “Nega bu bunchalik og‘ir?” — degandim (kuladi).

    —Katta vaznda tug‘ildimi?

    — To‘rt kilo-yu uch yuz gramm vaznda dunyoga keldi pahlavonimiz! Bo‘yi 58 santimetr. Amirshohni menga ko‘rsatishganida, avvaliga akamga o‘xshatdim, keyin bo‘lsa, “Otasining xuddi o‘zi” deganim yodimda. Farzandli bo‘lish eng katta orzum edi! Bolajonimga alla aytayotib, “Sen mening orzumsan”, deyman. Kimdir yaxshi yashashni, chet el safarlarini, karyera qilishni niyat qilar balki, men bo‘lsam chiroyli oilam bo‘lishini, qaynota-qaynonamning xizmatini qilish va sevgan insonim bilan baxtli bo‘lib, bir etak bolalarni voyaga yetkazishni istayman. Asli niyatlarim juda ko‘p, shukr, ulardan ayrimlari bugun amalga oshdi!

    — Qolganlarining ham ro‘yobini ko‘ring!

    — Aytganingiz kelsin!

    — Adashmasam, homiladorlikning so‘nggi oylarigacha ijoddan ortmadingiz?

    — Homiladorlikning yettinchi oyiga kelib, o‘zimga-o‘zim ta’til berdim. Ammo “To‘yimizga sizlarni niyat qilgandik”, “Yana bitta syomkada qatnashsangiz, bas, shu oxirgisi” qabilidagi iltimoslarga yo‘q deyolmay, yana bir oyni o‘tkazib yubordim. Dekabr oyi boshlanganida esa “Endi dam olmasam bo‘lmaydi” deya, ko‘proq sayr qildim. Chiroyli manzaralarni tomosha qildim, bama’ni insonlar bilan hamsuhbat bo‘ldim, yoqimli musiqalar tingladim. Ko‘zim yorishidan ikki hafta oldin men boshlovchilik qilib kelayotgan ko‘rsatuvning Yangi yil sonini suratga olishdi. Tabiiyki, men ham syomka jarayonida ishtirok etdim, “Kelmasangiz, bo‘lmaydi”, — deyishdi-da.

    — Qiynalmadingizmi, axir homiladorlikning so‘nggi oylari nisbatan og‘irroq o‘tadi?

    — O‘ylab ko‘rsam, homiladorligimda juda erkatoy bo‘lib qolibman. S’yomka jarayonida hamma ko‘nglimga qarardi, shirinlik yeyishni istasam, darrov muhayyo etishardi. Yaqinlarimning asrab-avaylashlari bilan to‘qqiz oyni o‘zimni urintirmay o‘tkazdim.

    — Bugun “oyisi” deyishlari qanday eshitilyapti?

    — Noodatiy, rosti. Sababi “Falon insonning rafiqasi” deyishsa, g‘alati bo‘lardim, endi bo‘lsa “Amirshohning onajoni”, deya chaqirishyapti. O‘rganishim biroz qiyin bo‘lyapti-yu, lekin yoqimli! Go‘yo uzoq yillar farzand kutgan ayoldek to‘lib-toshib so‘zlayotganimga hayron bo‘lyapsizmi? Tabiatan bolajonman, jiyanlarimni o‘zim katta qilganman. Rayhon opamning kenjatoyi Maryam, turmushga chiqqanimdan so‘ng dunyoga kelgani bois uni boshqa jiyanlarim singari parvarishlolmadim. Ammo hozir xola-jiyan til topishib qolganmiz. Rayhon opam syomkaga ketadigan bo‘lsalar, Maryamni menga qoldirib ketadilar, xuddi egizaklari bor onadek, ikkisiga qarab o‘tiraman (kuladi). Tez-tez ko‘rishib turganimizgami ba’zan Maryam opam ikkimizni adashtirib qo‘yyapti.

    — Amirshoh olti oylik bo‘ldi-a?

    — Yettinchi oyga qarab ketyapmiz!

    — O‘ziga xos qiliqlari paydo bo‘la boshlagandir?

    — Har kuni yangi qiliq chiqaryapti. Ayrimlarini ko‘rishga ham ulgurmay qolyapmiz. Ishdan qaytganimda, oyijonim “Kutib turing, bugun mana bunday qildi”, deydilar-u, so‘ng hammamiz nima qiliq chiqardiykan, deya kutib o‘tiramiz. Aksiga olib o‘sha kuni uxlab qoladi. Bir kunlik chaqaloqlik payti boshini ko‘tarib qo‘yardi, bir oylik bo‘lganida qorniga, yon tomonga o‘girila boshladi. Hozir bo‘lsa, arazlashni o‘rganib olgan. Odam ajratadigan odat chiqargan. O‘tirgan bo‘lsangiz, sizga bormaydi. Tik tursangiz, yo‘q demaydi, chunki siz bilan sayr qilish mumkinligini biladi-da.

    — Hoynahoy chaqaloqligidanoq tez-tez sayrga olib chiqqansiz, shunday?

    — Kichik chillamiz chiqishi bilan sayrga chiqa boshlaganmiz. Yomg‘ir yog‘adimi, qormi, kun quyoshlimi yoki bulutli, albatta, sayr qilardik. Ko‘cha aylanishni yaxshi ko‘rishi shundan. Favvoralarni tomosha qiladi, daraxt barglarining shitirlashini kuzatadi. Lekin qizaloqlardan o‘zini olib qochadi, biror kim u bilan o‘ynamoqchi bo‘lsa, darrov qovog‘ini uyib oladi. (o‘g‘liga qarata) Judayam jiddiy, doim qoshi chimirilgan, hammaga ham tabassum qilavermaydi, sizni yoqtirsagina kulib qo‘yishi mumkin.

    — Buni qarang, o‘zi kichikkina-yu, halitdan xarakterini ko‘rsatyapti?..

    — Nimasini aytasiz, fe’l-atvori shakllanib boryapti. Tug‘ilgan kunidan boshlab to hozirgacha har uch soatda ovqatlanadi, buni atay o‘rgatmaganman. Har uch soatda qorni ochiqqanini bildirib, g‘inshib qo‘yadi, ungacha sira injiqligi yo‘q. Buni aytishim joizmi yoki yo‘q, bilmadim-u, ammo farzandimni 10-yanvar sanasida dunyoga kelishini niyat qilgandim.

    — Buning biror sababi bormi?

    — 1-yanvar kuni tug‘ilsa, Yangi yil bayramining ertasi bo‘lardi. Ulg‘aysa do‘stlari bilan qanday nishonlaydi, bayramdan keyin hamma charchagan bo‘ladi, kim keloladi, kim esa yo‘q, deb o‘ylandim. Negadir 10-yanvar sanasini mo‘ljallayverardim, o‘zimcha. Va buni qarangki, 9-yanvar sanasining eng so‘nggi daqiqalarida to‘lg‘oq boshlanib, 10-yanvarga o‘tganida ko‘zim yoridi.

    — Punktuallikka o‘zingiz o‘rgatgan ekansiz-ku, Oyxon?

    — Ehtimol, lekin haqiqatan ham shunday. O‘g‘lim bilan xuddi kattalardek suhbatlashaman. Iltimos qilsam kechasi uyg‘onmaydi, injiqlik qilganida koyib bersam, boshini egib oladi. Amirshoh kelgusida o‘ta jiddiy, ammo shu bilan birga mehribon yigit bo‘lib ulg‘aysa kerak. Men farzandimni ana shunday tasavvur qilyapman.

    — Jiddiyligi kimdan o‘tgan?

    — Bilmasam, homiladorligimda his-hayajonga beriluvchan bo‘lib qolgandim, sal narsaga ko‘nglim bo‘shab ketardi. Turmush o‘rtog‘im drama janridagi filmlarni tomosha qilishni taqiqlab qo‘ygandi hatto. Negaki ikki sevishgan bir-biriga dil izhor qilayotganiga ko‘zim tushsa ham, yig‘lab yuborardim. Kimdir menga yaxshi gapirsa ham, ko‘z yoshim yumalab ketardi. Amirshohdagi jiddiylik dadasidan o‘tgan, menimcha. Umr yo‘ldoshim sahnada hazilkash inson, hayotda esa jiddiyligi bor.

    — Bola parvarishida kim bilan ko‘proq maslahatlashyapsiz?

    — Birinchi o‘rinda eng yaqin maslahatchilarim, bu oyijonim va volidamdir. Opam va kelinoyimdan ko‘p narsalarni o‘rganyapman. Ijtimoiy saytlardagi forumlarni kuzatib boraman. Ko‘z tegmasin, shu choqqacha biror muammoga duch kelganim yo‘q, faqat bir marotaba isitmasi ko‘tarilganida, mustaqil chora ko‘rishimga to‘g‘ri keldi. Soat allamahal bo‘lib qolgani bois kattalarni uyg‘otishga ko‘zim qiymadi va jiyanlarimga qaraganimda opam, kelinoyim qanday yo‘l tutishganini esga oldim. Spirt eritmasi bilan qo‘llarimni ishqalab, bolajonimning badaniga surtdim. Shukr, isitma tushdi.

    — Enagangiz ham bor ekan?

    — Enaga emas, bola parvarishida yordamchim desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Qaynota-qaynonam ishli odamlar, turmush o‘rtog‘imning ham vaqti tig‘iz, shunga ham yordamchi olishga qaror qildik. Ayni dam ijodga qaytyapman, tabiiyki, bola bilan bir o‘zim qiynalib qolishim mumkin.

    — Nilufar Usmonova bilan suhbatda, xonandaning qirq kunlik chillada 11 kilogramga ozganini bildik. Sizda ham qomatni tartibga keltirish masalasi ko‘tarilgandir?

    — Farzand kutayotganimda xamirli taomlarga boshqorong‘i bo‘ldim. “Semirtiradi” deya o‘ylanib qolganimda, turmush o‘rtog‘im bir gap aytdilar: “Sen hozir yo qomatingni o‘yla, yoki tug‘ilajak farzandimizni. Senga qay biri muhimroq”. Tug‘ruqdan so‘ng ozroq to‘lishdim, ammo bu iste’mol qilganlarimga bog‘liq emas. Negaki homiladorlikning oltinchi oyiga qadar hech nima yeyolmaganman. Chilla paytida anchagina ortiqcha vazndan xalos bo‘ldim, chunki bolajonimni ko‘krak suti bilan parvarishlayotgandim. Ammo Amirshoh bir yarim oylik bo‘lganida ko‘krak sutidan yuz o‘girdi. Shuni bildimki, bola ona suti bilan boqilsa, ayolning ozishi ham osonlasharkan. Hozir bo‘lsa, fitnes mashqlariga qatnayapman, asta-sekin avvalgi vaznimga qaytaman hali. Asosiysi, farzandim sog‘-salomat, qomat esa o‘zgaruvchandir.

    — Qo‘ng‘iroqlashganimizda ish jadvalimga qarab olay degandingiz?

    — Hamma ayollar kabi tug‘uruq ta’tilida bola parvarishi bilan band bo‘laman, deb rejalashtirgandim. Qayda, farzandim ikki oylik bo‘lganidayoq, ijodga qaytdim. Lekin bu bilan faqat ish, ish derkan-da, deya tushunmang. O‘zim uchun ish jadvalini tuzib olganman, qachon, qayerga borishim, kim bilan uchrashishim tartibga keltirilgan. Buning orasida o‘g‘lim bilan sayr qilish, uni parvarishlashga esa alohida vaqt ajratiladi. Yangi mavsumda telekanallarning birida turmush o‘rtog‘im bilan yangi loyihani havola etamiz.

    — Er-xotinning hamkasb bo‘lishida qanday murakkabliklari bor? Oson tarafi-chi nimada?

    — Turmush o‘rtog‘im bilan o‘n yil mobaynida do‘st bo‘lganmiz, so‘ng munosabatlarimiz muhabbatga aylangan. Ish jarayonida bir-birimizni to‘ldirib turamiz, yarim og‘iz so‘zdan tushunamiz, kayfiyatimizni bila olamiz. Murakkabligi esa zimmamdagi mas’uliyatning kattaligi, nazarimda. Tadbir yoki to‘y xizmatlariga yo‘l olsak nafaqat o‘zimning, balki umr yo‘ldoshimning ham ust-boshini tayyorlayman, tartibga keltiraman. Shularni aytmasa, birga ijod qilishimiz ikkimizga ham qulay.

    — Akangiz Jahongir yaqinda ikkinchi bor ota bo‘ldi, sal avval opangiz Rayhonning qizalog‘i dunyoga keldi, keyin siz. Oilangiz safi kengayib boryapti?

    — Xudoga shukr. Bir sirni ochishim mumkin, nasib qilsa, kuz oylariga singlim Zulayho ham farzandli bo‘ladi. Hozir onam olti nabiraning buvijonisilar!

    — Opa-singlingiz Rayhon va Zulayho bilan birgalikda ijro etilgan qo‘shiq internetda mashhur bo‘lgandi. Yana shu kabi chiqishlarni kutib qolamiz degan izohlarga javob bo‘lmadi keyin?

    — Asli bu tasodifiy videorolik. Uch opa-singil tadbirdan qaytib, rasmga tushayotgandik. Qo‘shiq kuylashimiz esa opa-singillar an’anasi. Akamning videoga olayotganini bilmay kuylayveribmiz, keyin bilsak, rolik internetga joylanibdi. To‘g‘ri, ko‘plab izohlar bo‘ldi, yana bo‘lsin degan mazmunda. Lekin bugun uchovimizning ham o‘z oilamiz bor, yig‘ilib qolsak, qo‘shiq kuylashimiz mumkindir-u, ammo gapimiz tugamaydi-da. Bir xonaga kirib olib, soatlab suhbatlashamiz, onajonimiz safimizga qo‘shilsalar, to‘rt dugonaga aylanamiz. Uchovimizning oramizda yetti yildan farq bor, shunday bo‘lsa-da biz xuddi dugonalardekmiz.

    — Ahilchiligingizga ko‘z tegmasin!

    — Rahmat!

    Blits:

    —Shaxsiy omad formulangiz?

    —Oilam!

    —Oyxon avval gapiradi, keyin o‘ylaydimi?

    —Ba’zida.

    —Erning achchig‘i kelganida ayol...

    —Past kelishi kerak.

    —O‘zi bilan gaplashadigan odam telbami?

    —Yo‘q, o‘zi bilan gaplashadigan inson dono bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman, mendayam bor-da bunaqa odat.

    —Yaxshi ona bo‘lish uchun Oyxon nimalarni o‘zi uchun muhim deb bilyapti?

    —Farzandimiz uchun ba’zan o‘z ehtiyojlarimizni chetga surishimiz kerak ekan. Mana shu men uchun muhim qoida.

    Dildora Yusufbekova suhbatlashdi.

    18.08.2017, 09:22   Izoh (0)   30138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Masrur va Rasul Usmonovlar: 4 yasharligidan to‘yga chiqqan xonanda, “Mehribonlik uyi”dan bo‘lgan qo‘ng‘iroq va filmga ko‘chgan dard

    16.08.2017, 08:35

    Nargiz Zokirova tadbirda qiyofadoshi sahnaga chiqib kuylaganidan g‘azablandi

    15.08.2017, 07:45

    Jamila G‘ofurova “Shakira” bo‘lgani, allambalo raqsi va ochiq kiyingani yuzasidan e’tirozlarga javob berdi

    15.08.2017, 05:32

    Munisa Rizayeva: “Galochka” uchun turmushga chiqayotgan aktrisalarimiz, ayol xonandalarimiz birovlarning oilalarini buzyapti

    14.08.2017, 15:58

    Farruh Zokirovdan tanqid eshitgan va Tohir Sodiqov duet kuylashdan bosh tortgan Umidaxon

    13.08.2017, 09:34

    Jamila G‘ofurova gonorariga bitta Spark’ning puli va Nexia olgani haqida gapirib berdi

    12.08.2017, 13:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.