Finlyandiya jinoyat politsiyasi Turku shahrida o‘tkinchilarga hujum qilinishi bilan bog‘liq ish doirasida yana ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi, deb ma’lum qilmoqda “TASS”.
Qayd qilinishicha, ushlanganlarning ikkovi ham erkaklardir. Ularning millati haqida aniq ma’lumot yo‘q, negaki ular o‘zlari haqida ziddiyatli axborot berdi. Finlyandiya rasmiylariga ular o‘zlarini jazoirliklar, Shvetsiya rasmiylariga esa marokashliklar ekanligini bildirdi.
18-avgust kuni Turku shahrida noma’lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Politsiya hujumni terakt deb baholadi.
Izoh (0)