Maldiv rasmiylari, xalqaro huquq tashkilotlarining e’tirozlariga qaramay, 60 yillik taqiqdan so‘ng yana o‘lim jazosini tiklamoqchi. Bu haqda mamlakat prezidentining katta maslahatchisi Abdulla Yamin bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, o‘lim jazosi qotilliklar va narkojinoyatlarni tutib turuvchi chora sifatida qo‘llanadi.
“Maldivliklarning ko‘pchiligi o‘lim jazosining joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu har qanday hukumat uchun murakkab qaror. Lekin hukumat aybsiz insonlar hayotini himoya qilishi lozim”, — ta’kidladi Abdulla Yamin.
Maslahatchining bildirishicha, qatllar ommaviy tarzda, boshqalarning ko‘z o‘ngida o‘tkazilmaydi. Mafushi orolidagi mamlakatning asosiy qamog‘ida ushbu hukmni ijro etish uchun maxsus kamera quriladi.
Izoh (0)