Xitoyning Guanchjou shahrida (Guandun provinsiyasi) istiqomat qiluvchi erkakning qulog‘idan tirik kaltakesak chiqarib olindi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Erkakning uqtirishicha, u qulog‘ida g‘alati noqulaylikni sezib uyg‘onib ketgan. Qulog‘ining ichida nimadir o‘rmalayotganini sezgan erkak bu suvarak bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan.
Tekshirish paytida shifokor quloq ichida tirik gekkon borligini aniqlagan. Kaltakesakni pinset bilan ilib olishning iloji bo‘lmagan. O‘rmalovchini harakatsizlantirish uchun tinchlantiruvchi doridan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
Shifokorlar gekkonning dumi yo‘qligidan xavotir bildirmoqda. Dum quloq ichida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Hozircha quloq ichidan uni topib bo‘lmadi.
Izoh (0)