Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 9-avgustidan 16-avgustiga qadar o‘tkazilgan profilaktika tadbirlarida 7115 ta xonadon, 145 ta korxona va tashkilot, ta’lim muassasasi va boshqa maskanlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yong‘inlar profilaktikasi doirasida tuman va shaharlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Hafta davomida viloyatda 34 ta yong‘in sodir bo‘lgan, fuqarolar jiddiy tan jarohati olmagan.
Tekshiruvlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 103 nafar mansabdor shaxs va fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Yong‘in kelib chiqish xavfi bo‘lgan 52 ta bino va inshootning ishi vaqtincha to‘xtatildi.
Izoh (0)