Xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashning navbatdan tashqari birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Sessiyada tuman hokimi lavozimiga Allambergenov Farxat Embergenovichning nomzodi taklif etildi.
Taklif etilgan nomzodni bir qator tuman kengash deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi. Sessiyada F. Allambergenov Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Xo‘jayli tumanining “Kenagas”, “Saroyko‘l” va “Naymanko‘l” mahallalari ham Taxiatosh shahri hududiga biriktirilib, Taxiatosh tumanini tuzishga rozilik berilgan edi.
Izoh (0)