Olimlar guruhi qo‘shni yulduz tizimida to‘rtta sayyora aniqladi. Ularning ikkitasi Yerga o‘xshash bo‘lib, ularda hayot mavjud bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “Interfaks”.
Sayyoralar Kit Tausi quyoshsimon yulduzi atrofida aylangani uchun Kit Tausi b, c, d, e, f nomlari oldi. Osmon jismlari barqaror, qariyb aylana shaklidagi orbitalarda joylashgan.
Kit Tausi Quyosh tizimiga eng yaqin yulduzlardan hisoblanadi. U Yerdan 12 yorug‘lik yili narida bo‘lib, hajman Quyoshdan biroz kichikdir.
Yangi ekzosayyoralar ma’lumotlardan shovqinni olib tashlash metodi takomillashtirilgani munosabati bilan kashf etildi.
Izoh (0)