Qirg‘izistonlik rassom Azamat Janaliyev Mo‘g‘uliston prezidentiga uning mix va iplardan string art texnikasi yordamida yasalgan portretini taqdim etdi, deb yozadi KNews. Quvonchli xabar bilan qirg‘izistonlik o‘z Facebook sahifasida bo‘lishdi.
Janaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Xaltmaagiyn Battulga hadyadan mamnun bo‘lgan.
“Mo‘g‘uliston prezidenti janob Battulga mening sovg‘amni qabul qildi! Evaziga menga bronza jangchini, Mo‘g‘uliston Ginness kitobini va naqshli kartinani hadya etdi! Men esa o‘z navbatida butun Qirg‘iziston va meni yo‘lda qo‘llab-quvvatlagan barcha kishilar nomidan salom aytdim!” — deb yozdi rassom.
https://www.facebook.com/azamat.izi/posts/1946296318949312
Izoh (0)