Qurollangan shaxslarning hujumi oqibatida AQShning Afg‘onistondagi Bagram aviabazasida faoliyat olib boruvchi uch ayol halok bo‘ldi, yana biri tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy Tolo News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan shaxslar hujum uyushtirilgan hududni tark etishga ulgurgan. Hozircha mazkur voqea uchun javobgarlikni hech bir terrorchi guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
So‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat sezilarli og‘irlashdi. Avvallari asosan qishloq hududlarni nazorat qilib turgan “Tolibon” radikal harakati endi yirik shaharlarga bosqin uyushtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat hududida IShID terrorchilik tashkiloti ta’siri ham kuchaygan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)