Eronning Isfahon viloyatida hovuz bo‘yida ziyofat uyushtirib, g‘arbcha raqsga tushgan 64 kishi hibsga olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarnomada aytilishicha, Islom inqilobi muhofizlari korpusi a’zolari “yarim yalang‘och” yoshlar hovuz bo‘yicha raqs tushib, spirtli ichimliklar ichayotganini qayd qilgan.
Hibsga olinganlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ziyofatdan olingan vidoyelavhalarni chop etgani bois “dekadansga chaqirishi”da ayblanmoqda.
Izoh (0)