Valensiya qonunchilik majlisi o‘n yildan beri ishga kelmay, maosh olib turgan viloyat arxivi xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Karles Resio 2006-yildan boshlab har yili 50 ming yevrodan olib turgan. U ishga 7:00 da kelib, elektron tizimda o‘zining ishga kelgani haqida qayd qoldirgan, yarim soat o‘tgach, ishxonani tark etib, 16:00 da ishdan chiqib ketgani haqida qayd qoldirish uchun qaytib kelgan.
Uning aytishicha, u “har doim bir ishni qilgan — qog‘ozlar bilan ishlagan” va, uning fikricha, bu qora ish hisoblanadi. “Ish”dan bo‘sh vaqtida esa komikslar chizganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, u arxivga ishga kirguniga qadar o‘z uyida ishratxona tashkil etgan.
Hozirgi vaqtda Karles Resio shifoxonada davolanmoqda. Deputatlar esa Resioning bevosita boshlig‘i — arxiv direktori Mariya Xose Gilga nisbatan qanday chora ko‘rish haqida bosh qotirmoqda.
Izoh (0)