Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 16-tur bellashuvlari to‘liq yakunlandi.
Uning so‘nggi o‘yinida peshqadam “Lokomotiv” Muborakning “Mash’al” klubi bilan durang o‘ynadi — 1:1. 76-daqiqada “Mash’al” a’zosi Abdulloh Olimov supergol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Lokomotiv” murabbiyi Andrey Miklyayev uni mavsumdagi eng chiroylisi deb atadi.
Bungacha 16-turda Viktor Kumikov, Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze kabi tajribali mutaxassislar boshqarayotgan klublar ham ochko yo‘qotgandi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 16-tur bellashuvi 7-avgust, dushanba