2019-yilga qadar Toshkentda yangi “Navro‘z” bog‘i quriladi. Bu haqdagi qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi, deb xabar beradi Uz24.
Bog‘ barpo etishdan maqsad poytaxtning teristik salohiyatini oshirish hamda aholining madaniy hordiq olish darajasini ko‘tarishdir.
Bog‘ yaratish taklifi bilan Davlat turizm qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va “O‘zbekiston temir yo‘llari” chiqdi. Ularning struktur bo‘linmalari bosh pudratchi sifatida belgilandi.
Bog‘ qayerda joylashishi qarorda ko‘rsatilmagan. Ammo bo‘lajak bog‘ hududida yashovchi odamlarning ko‘chirilishi, binolarning buzilishi nazarda tutilgan. Aholiga tovon puli to‘lab beriladi.
Izoh (0)