Eron maxsus xizmatlari 27 kishini IShID terrorchi guruhiga aloqadorlikda gumon qilib ushladi. Bu haqda IRNA agentligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, ushlanganlarning besh nafari Eronning turli shaharlarida teraktlar uyushtirishga tayyorlangan. Qolganlar yordamchi vazifalarni bajargan.
17 kishi mamlakat hududida ushlandi, yana o‘n kishi boshqa davlatlarda tutilib, Eronga topshirildi.
Maxsus operatsiya chog‘ida terrorchilarning yonidan qurol-yarog‘ topildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.