Yaponiya Xirosima bombardimoni xotirasini yod etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Marosim Xirosima markazidagi Tinchlik bog‘ida o‘tkazildi. Unda 80 davlat vakillari ishtirok etdi.
72 yil muqaddam Xirosimaga atom bombasi tashlanishi oqibatida bu yerda 70–100 ming kishi halok bo‘lgan edi.
Sukut saqlash mahalliy vaqt bilan soat 8:18:01 da boshlandi — 1945-yil 6-avgustining aynan shu soniyalarida Xirosimada atom bombasi portlagan edi.
Shahar meri Kadzumi Matsui o‘z chiqishida barcha mamlakatlar yadroviy bombadan voz kechishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)