SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask amerikalik aktrisa Ember Xerd bilan munosabatlariga yakun yasadi. Bu haqda, Daily Mail nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 31 yoshli Xerd bilan aloqani uzish qaroriga aynan Mask kelgan. Aktrisa esa bo‘lib o‘tgan voqeadan juda ko‘ngli ranjigan.
Maskning fikricha, Xerd juda xudbin, shu bois ular kelishib keta olmagan.
Ayni paytda Mask Los-Anjelesga qaytdi, aktrisa Avstraliyada qoldi.
Izoh (0)