Aktrisa Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi yangi fotojamlanmani taqdim etdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Asal dizayner Gulchehra Yunusovaning yangi kolleksiyasi uchun fotosessiyada suratga tushdi.
Gulchehra Yunusova bu galgi liboslar jamlanmasini yaratishda tarixga murojaat qildi. Qadimda o‘zbek ayollari kiygan uzun ko‘ylaklar va boshlariga o‘ragan ro‘mollarni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirilgan holda yaratdi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)