AQShning yangi prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ish boshlaganidan buyon rasmiylar maxfiy axborot chiqib ketishi yuzasidan to‘rt amaldorga nisbatan ayblovlar ilgari surdi. Bu haqda AQSh adliya vaziri, bosh prokuror Jeff Seshns bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Yanvar oyidan buyon vazirlik axborot sizishi bo‘yicha ochilgan ishlar soni uch barobarga ko‘paygan. Shu ishlar doirasida hozircha to‘rt amaldorga nisbatan ayblovlar qo‘yilgan.
Seshns, shuningdek, ma’muriyat faoliyat yuritgan dastlabki olti oyda adliya vazirligi bu masalada ko‘rib chiqqan shikoyatlar soni oxirgi uch yilda qabul qilingan shikoyatlar soniga tengdir.
Izoh (0)