Kanada televideniyesining ob-havo haqida ma’lumot beruvchi dasturi kadrlariga ulkan chag‘alay tushib qoldi. Bu esa boshlovchi Sara Jin Stivensni noqulay ahvolga solib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Huffington Post nashri.
Voqea Vankuverda joylashgan Breakfast Television kanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida sodir bo‘ldi.
Meteorologik ko‘rsatuvni olib borayotgan boshlovchining orqa fonidagi monitorda tashqaridagi holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinayotgan edi, bu vaqtda esa kameraga chag‘alay yaqinlashib kelgan.
Stivens efirni davom ettirishga harakat qildi, biroq kulgusini to‘xtata olmadi. “Bu juda ham odamni chalg‘itadi”, — dedi boshlovchi.
Izoh (0)