TheGoodTwin94 nikli Reddit foydalanuvchisi tovoni bilan bog‘liq surunkali muammolar bilan tug‘ilgan, shu tufayli u normal tarzda yurish imkoniyatini yo‘qotdi va oyog‘ini kesib tashlashlariga rozi bo‘ldi, deb yozadi Afisha Daily.
Operatsiya o‘tgach, ertasi kuni uning egizak ukasi bir oyoqli qaroqchi libosida uni ko‘rgani keldi. “Darhaqiqat, endi mening har qanday ibosim — tayyor qaroqchilar kostyumi”, — deb yozdi TheGoodTwin94.
Yigitcha hazilni qadrladi va o‘zini bundan ham yomonroq odam deb hisoblashini tan oldi: “Ukam bir marta velosipedda uchib, bir nechta umurtqa suyagini sindirib olgan edi. Men unga yig‘lashdan to‘xtab, og‘riqni qoldiruvchi dori ichishni taklif qilganman va u kasalxonaga ketayotgan paytda do‘stlarimnikiga mehmonga jo‘navorganman”.
Aka-ukalar endi shifokorni chuv tushirmoqchi. Egizaklar shifokor ko‘rikdan o‘tkazishga kelganida joylarini almashtirmoqchi va “Men oyog‘imning o‘rnida nimanidir his qilyapman”, — demoqchi.
Izoh (0)