Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Favvora tuman markazida faoliyat boshlagan “Eko-park” ko‘ngilochar maskanida joylashgan. Uni “Mo‘jiza sut mahsulotlari” xususiy korxonasi barpo etdi.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

—1,1 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflangan “Eko-park” hududi 4 ming kvadrat metrdan iborat. Unda muzqaymoq, salqin ichimliklar, fast-fud sotuvi yo‘lga qo‘yildi, gril-bar ishlab turibdi. Musiqali va rangli favvora jihozlari Xitoyning “Xuntay” kompaniyasidan olib kelindi. Uzunligi 32, eni 16 metr bo‘lgan favvora ostiga 300 dan oshiq turli ranglar hosil qiluvchi galogenlar joylashtirilgan, — deydi korxona ish yurituvchisi Sobirjon Hoshimov.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

“Eko-park” ochilish marosimida tumandagi 3 nafar bolakayning sunnat to‘yi ham o‘tkazildi. Ularning har biriga 300 ming so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari topshirildi, velosipedlar sovg‘a qilindi.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati