JCh—2018 saralashida ishtirok etayotgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari 5-sentabr kuni Toshkentda o‘zaro to‘qnash keladi.
O‘FF matbuot xizmatining qayd etishicha, Xalqaro futbol uyushmasi FIFA mazkur o‘yinga singapurlik hakamni tayinladi. Muhammad Taqi Al-Jaafariy bin Jahariyga qanotlarda Tzu Liang Li va Min Kiat Ronni Ko yordam beradi.
Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida 20:00 da start oladi. FIFA qaroriga ko‘ra, saralashning so‘nggi tur uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.
8-turdan keyin koreyaliklar O‘zbekistondan 1 ochko ko‘proq to‘plagan. Toshkentga kelishdan oldin ular Seulda Eronni qabul qiladi, O‘zbekiston esa Xitoy mehmoni bo‘ladi.
Izoh (0)