Kataloniyaning “Barselona” klubi braziliyalik hujumchi Neymar jamoasini almashtirayotganini tasdiqladi. Bu haqdagi xabar klub rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
Matbuot xizmatining yozishicha, Neymar va uning otasi o‘z qarorlari borasida “Barselona” rahbariyatiga murojaat qilib ulgurgan.
“Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, “Barselona” hisob raqamiga 222 million yevro tushgach, Neymar bilan shartnoma bekor qilinadi. Bu holat u bilan tuzilgan shartnomada o‘z ifodasini topgan. Unga qadar esa futbolchi “Barselona” a’zosi bo‘lib qoladi. Mashg‘ulotlarda murabbiy ruxsati bilan ishtirok etmasligi mumkin”, — deb yozilgan “Barselona” boyonotida.
Avvalroq Neymar “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverdening ruxsati bilan jamoaning so‘nggi mashg‘ulotini qo‘yib yuborgani aytilgandi.
Izoh (0)