O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi.
“Shandong Luneng” mehmoni bo‘lgan shanxayliklar Odil Ahmedovning aniq to‘p oshirishidan so‘ng hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, o‘yin yakuniga qadar bu ustunlikni saqlab qola olmadi. Shu kuni Ahmedovdan tashqari Xalk hamda Elkesen ham maydonda harakat qilgandi.
Feliks Magat boshchilik qiladigan mezbonlar safida esa braziliyalik Gil, italiyalik Gratsiano Pelle, senegallik Papiss Sisse kabi futbolchilar to‘p surdi. Pelle birinchi golga pas berdi.
“Shanxay SIPG” baxtiga peshqadam “Guanjou Evergrand” ham mag‘lub bo‘ldi. Luis Felipe Skolari shogirdlari Guanjou derbisida mag‘lub bo‘ldi. Skolari shogirdlaridan Paulinyo hamda Rikardo Gulart harakat qildi, lekin amalda ko‘p ish qilgani yo‘q. Mezbonlardan esa isroillik Zahaviy hamda braziliyalik Renatinyo dublga erishdi.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Anzur Ismoilov jamoasi ham bu turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Ismoilov 90 daqiqa to‘p surgan o‘yinda senegallik legionerning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Milliy terma jamoa a’zosi Yegor Krimets o‘ynaydigan “Beydzing Guoan” klubigina bu turda zafar quchdi. Himoyachi odatdagi kabi qaydnomaga ham kiritilmadi.
Xitoy Superligasi 19-tur o‘yinlari 30-iyul, yakshanba
Izoh (0)