London yuqori sudi Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Blerga qarshi ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi. Muqaddam u matbuotda Iroq urushining boshlanishiga aybdorlardan biri sifatida aytilgan edi, deb eslatadi “RIA Novosti”.
Ayblovni Iroq qurolli kuchlarining oliy martabali amaldorlari ilgari surgan edi. Ammo London sudi bu da’vo asosida ish qo‘zg‘atmaydigan bo‘ldi.
2003-yili boshlangan Iroq urushida Buyuk Britaniyaning ishtirok etish-etmaslik masalasi o‘sha paytdagi bosh vazir Toni Bler hukumatida bo‘linishni yuzaga keltirgan edi.
Izoh (0)