Hotambek Shokirov Toshkent viloyatida tarkibida yangi tashkil etilgan Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta. uz” xabar bermoqda.
Bunga qadar Hotambek Shokirov (1970-yili tug‘ilgan) 2015-yil martidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Soliq organlari tizimidagi faoliyatini u 1999-yili boshlagan.
Hotambek Shokirov Toshkent elektrotexnik aloqa instituti (1993) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2004) bitiruvchisidir.
Izoh (0)