Toshkent shahrining Mirobod tumanida uyida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat bergan erkak hibsga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
“26-iyul kuni taxminan soat 16:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kadrileyev Vladislav Olegovich Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi, 20/1-uy, 5-xonadonda fohishaxona saqlab, 40 ming so‘m pul evaziga fuqaro ‘T’ va ‘N’larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)