2017/2018-o‘quv yilidan boshlab har bir oliy ta’lim muassasasida barcha kurslarda kamida 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Bu Prezidentning 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi, deb yozadi UZ24.
Shu maqsadda ingliz tilida dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash, ular tegishli tayyorgarlikdan o‘tish uchun xorijga yuboriladi.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, mashg‘ulotlarni rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunda foydalanilayotgan zamonaviy o‘quv adabiyotlari asosida o‘tilishini yo‘lga qo‘yish ta’minlanadi.
Izoh (0)