• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    OTMlar bosh vazir va uning o‘rinbosarlariga biriktirildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 27-iyul kuni “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi imzolangan qarorda YuNESKO va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston ta’lim tizimi kompleks o‘rganilgani xabar qilingan. O‘tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Hujjatda talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini o‘rganayotganligi keltirib o‘tilgan.

    Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o‘rtasida uzilishlar mavjud, integratsiya ta’minlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelmoqda.

    Qaror bilan iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, ularning ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlar tarmoq(soha)lar bo‘yicha tegishligiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan.

    Ular zimmasiga kadrlar buyurtmachilari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash mazmuni, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib, yangidan ishlab chiqish va tasdiqlash kabi vazifalar yuklatilgan.

    Bevosita ta’lim mazmunini shakllantirish bilan shug‘ullanadigan OTM profil kafedralarining professor-o‘qituvchilari uchun ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining mutaxassislar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablarini tomonidan tizimli o‘rganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilinadi.

    Talabalarning 2-kursdan boshlab tegishli tarmoqning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

    Ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish uchun komplekslar tarkibidagi vazirliklar va idoralarga qarashli tarmoqlar (sohalar)ni ilmiy-texnik rivojlantirish yo‘nalishlari muammolariga bag‘ishlangan mavzular bazasini shakllantirish hamda bu muammolarni oliy ta’lim muassasalari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzgan holda hal etishga ularning ilmiy salohiyatini, ayniqsa, yosh olimlar va tadqiqotchilarni tizimli tarzda jalb etish belgilangan.

    Iqtidorli yosh pedagoglar va doktorantlar yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirishga yuboriladi. Ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis etiladi.

    2017/2018-o‘quv yilidan boshlab har bir oliy ta’lim muassasasida barcha kurslarda kamida 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich tashkil etiladi, ingliz tilida dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash, ularning xorijda tegishli tayyorgarlikdan o‘tishi tashkil etiladi, shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga xorijiy mutaxassislar jalb qilinib, mashg‘ulotlarni rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunda foydalanilayotgan zamonaviy o‘quv adabiyotlari asosida o‘tilishi yo‘lga qo‘yiladi.

    Istiqbolli ilmiy-pedagogik kadrlarni, birinchi navbatda, muhandislik-texnika va arxitektura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari pedagoglari rivojlangan davlatlar, xususan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniyada 2—3 oylik kurslarda malaka oshiradi.

    Bundan tashqari, 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab magistraturada kadrlar tayyorlash tizimi tanqidiy tahlil qilinib, magistratura ta’limi jarayonining barcha bosqichlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish choralari ko‘riladi.

    Doktorantlar, magistratura talabalarini korxona (muassasa)larning muammoli masalalariga bag‘ishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni korxona (muassasa)larda o‘tkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari bo‘lgan hamda ixtirochilik patentini qo‘lga kiritgan doktorant va magistrlarni o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha korxona va tashkilotlar hisobidan moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish ko‘zda tutilgan.

    Respublika oliy ta’lim muassasalarining har yilgi reytingini aniqlash bo‘yicha milliy tizimi takomillashtiriladi. Bunda asosiy ustuvor ko‘rsatkich sifatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida talabgorligi va professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar asosida ishlab topilgan moliyaviy mablag‘larning salmog‘iga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, milliy reyting tizimida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan oliy ta’lim muassasalariga o‘quv jarayonining alohida me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash vakolatini berish orqali akademik erkinlik bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    2017/2018-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari kafedralarining maqomini ko‘tarish, bunda ularning ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish, kafedra va professor-o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan turli statistik va boshqa hisobotlar sonini optimallashtirish orqali ularni tayyorlash jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish choralarini ko‘rish belgilangan.

    Ikki oy muddatda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishiga moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning stipendiyasining 50 foizigacha moddiy rag‘batlantirilishi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishi, doktorantura bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga yo‘llanma asosida yuborilishi, ularning mehnat faoliyatini rag‘batlantirish uchun bazaviy doktoranturaning 2-kursidan imtiyozli ipoteka kreditini 25 yil muddatga ajratish mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilinadi.

    Qarorda har bir oliy ta’lim muassasasini 2030-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirish Konsepsiyasi va 2021-yilgacha biriktirilgan oliy ta’lim muassasalaridan kamida bittasining nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini (reyting ro‘yxatida e’lon qilinishini) ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilandi.

    28.07.2017, 14:59   Izoh (0)   12978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaga ishlashga ketayotgan bir guruh fuqarolar Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri bilan uchrashdi

    28.07.2017, 14:22

    Davr Bank eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga xorijiy valyutada uzoq muddatli investitsiya kreditlarini taqdim etadi

    28.07.2017, 14:10

    Nukusda televizor va konditsionerlar ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi

    28.07.2017, 14:04

    Buxoroda “bilimdon” firibgarlar qo‘lga olindi

    28.07.2017, 13:51

    Yuqori Chirchiqda firibgar sarimsoq piyoz yetishtirgan dehqonni aldab ketdi

    28.07.2017, 13:25

    Qibrayda o‘g‘il o‘z otasining 8,5 mln so‘m pulini o‘g‘irladi

    28.07.2017, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.