Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni maxsus ishchi komissiyaga yo‘llash imkoniyati tug‘ildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son farmoniga muvofiq soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi komissiyaga ushbu yo‘nalishdagi o‘z takliflaringizni berishingiz mumkin”, — deyiladi xabarnomada.
Takliflarni quyidagi shakl orqali yo‘llash mumkin.
“Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon 18-iyul kuni imzolangan edi.
Izoh (0)