Yangi Zelandiyada uchta quyon qo‘ylarning ustiga chiqib, toshqinda jon saqladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Jonivorlar o‘rtasidagi bunday g‘aroyib qardoshlikni Janubiy orolda yashovchi Ferg Xorn Danedin shahri yaqinida ro‘y bergan toshqin payti payqadi.
Xorn smartfonini olib, holatni suratga oldi. Uning aytishicha, quyonlar yomg‘ir ostida namiqqan, biroq umuman olganda o‘zini yaxshi his etayotgandi. Qo‘ylar suruvi bu payt chuqurligi taxminan 8 santimetrli suvda bo‘lgan.
Yangi Zelandiyada quyonlar zararkunanda hisoblanadi va fermerlar odatda ularni otib tashlaydi. Biroq ko‘rganlari Ferg Xornni shunchalik to‘lqinlantirib yubordiki, u ushbu quyonlar hayotini saqlab qolishga qaror qildi.
Izoh (0)