Emirates Airlines samolyotining 75 nafar yo‘lovchisi o‘rindiqlaridan turib birgalikda kokos yong‘i haqidagi hazil qo‘shiqni kuylashdi, deb xabar berdi National Geographic.
Qo‘shiqni amerikalik talabalar ijro etdi: xorning Keniyada ikki haftalik gastroli rejalashtirilgan edi. Ularning turnesi may oxiri—iyun boshida bo‘lib o‘tgan.
21-iyul kuni video Emirates Airlines’ning Facebbok’dagi sahifasiga joylashtirilgan. To‘rt kun davomida rolik 11 million martadan ortiq tomosha qilindi.
Video qahramonlari — Texasdagi shaxsiy Beylor universitetining talabalari. Universitet 1895-yilda ishga tushgan, oradan 50 yil o‘tib u yerda xor tashkil etilgan.
Ansambl tomonidan ijro etilgan qo‘shiq filippinlik Rayan Keyyabiebning Da Coconut Nut qo‘shig‘i bo‘lgan.
Izoh (0)