Tayvanning elektronika va uning komponentlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinda turuvchi Foxconn kompaniyasi AQShning Viskonsin shtatida zavod tashkil etishga milliard dollar sarflashga tayyorligini bildirdi. Bayonot 26-iyul kuni Oq Uyda Foxconn direktorlar kengashi raisi Terri Guning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida berildi, deb xabar qiladi Meduza.
Yangi zavod televizorlar va boshqa texnika uchun displeylar ishlab chiqaradi. Shu yo‘l bilan Viskonsinda kamida 3 ming ish o‘rni yaratalishi rejalashtirilmoqda.
Shtat gubernatori Skott Uokerning fikricha, zavod qurilish umumiy hisobda 22 minggacha ish o‘rnining yaratilishiga olib kelishi mumkin.
15 yil davomida Foxconn 3 milliard dollarlik soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi.
Izoh (0)