Afg‘onistondagi qochoqlar lagerida tug‘ilgan Shohista Voiz AQShda kichik samolyotda butun dunyo bo‘ylab parvozini boshlaganida ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortgandi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Shohista 18 mamlakatdagi 36 joyda qo‘nishni mo‘ljallangan. U Dubayga qo‘nganida Emirates kompaniyasi qizni Boeing 777 simulyatorida o‘zini sinab ko‘rishni taklif etdi. Yosh uchuvchiga havoda parvoz malakasini tekshirib ko‘rishda Emirates Boeing 777 birinchi zobiti Baxita al-Muxayri yordam ko‘rsatdi.
‘Samolyot siz qiz yoki yigit ekanligingiz, qaysi dinga mansubligingiz yoki boshqa ma’lumotlarni bilmaydi. Uning uchun nechog‘li boshqarishingiz muhim”, — ta’kidladi Shohista Voiz.
Ma’lumot uchun, Shohista Voiz yosh ayollarga aviatsiya mutaxassisi bo‘lishga imkon berishni maqsad qilgan Dreams Soar notijorat tashkiloti asoschisi va uchuvchisi hisoblanadi.
https://youtu.be/-0OXNingXKE
Izoh (0)