Istanbulning Otaturk nomidagi xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish tasmasida ikki samolyot to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qozog‘istonning Scat Airlines aviakompaniyasiga tegishli, Oqtovga reys amalga oshirayotgan samolyoti Turkiyaning Turkish Airlines aviatashuvchisiga tegishli samolyotning qanotiga tegib ketdi.
Turkish Airlines samlyoti Taybeyga uchishi kerak edi. Uning yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi. Ular boshqa reysga ko‘chirildi.
Izoh (0)