26-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vaziri bilan harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Nurettin Janikli 26-iyul kuni O‘zbekistonga keldi.
2. MB raisi o‘rinbosari: odamlar bozor kursida valyuta sotib oladi, o‘zbek so‘mini xohlagancha naqdlashtiradi. Uning aytishicha, jismoniy shaxslar bu imkoniyatlardan “yaqin vaqt ichida” foydalanishi mumkin bo‘ladi.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotida defolt bo‘lmaydi — valyuta zaxirasi 25 mlrd dollarga yaqin. O‘zbekiston va boshqa davlatlarning oltin-valyutalari zaxiralari miqdori — bitta suratda.
4. Abituriyent Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlari ustidan virtual qabulxona va prokuraturaga shikoyat qildi. U birinchi shikoyatchi emas.
5. Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanali direktorligidan ketdi. “Toshkent” teleradiokanalining sobiq rahbari “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlandi.
Izoh (0)