“Yoshlar” telekanalining yangi direktori etib Madamin Safarov tayinlandi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Madamin Safarov 25-iyuldan o‘z vazifasiga kirishgan. U ilgari “Toshkent” teleradiokanali rahbari bo‘lib ishlagan.
Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘z ixtiyori bilan “Yoshlar” teleradiokanali direktorligidan ketgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, u endi telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanali rahbari etib tayinlangan, o‘tgan hafta uning tashabbusi bilan tayyorlangan yangi teleloyiha efirga uzatilgandi.
Izoh (0)