Qadimgi Italiyaning vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lgan Pompei shahri xarobalarida olib borilayotgan qazilma ishlari davomida gladiator janglari tashkilotchisining qabri topildi. Bu haqda, ANSA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Olimlarning taxminiga ko‘ra, epigrafli marmar tosh o‘rnatilgan qabr Gney Alley Nigidiy Mayga tegishlidir. Xalq orasida u boyligi va shuhrati tufayli Pompei shahzodasi nomini olgan edi.
Gney Alley mahalliy sirkda gladiator janglarini tashkil etishi bilan shuhrat qozongan edi.
U Vezuviy vulqoni otilishidan (milodiy 79-yil) bir yil oldin vafot etgan edi. Ushbu vulqon otilishi oqibatida butun shahar halok bo‘ldi.
Izoh (0)