Daimler avtokonserni Germaniyaning besh eng yirik avtomobilsozi o‘zaro til biriktirib noqonuniy ishlar qilganini birinchi bo‘lib tan oldi. Bu haqda mahalliy Süddeutsche Zeitung gazetasiga asoslangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bunday qadamdan ko‘zlangan maqsad janjaldan yuridik oqibatlarsiz chiqishdir.
Yana bir kompaniya — Volkswagen ham aksilmonopol qonunchilik buzilganini hukumatga xabar qilgan, ammo Daimler kompaniyasi undan oldinroq bu axborotni yetkazishga ulgurgan.
Shundan kelib chiqqan holda, Volkswagen jarima sanksiyalari 50 foizga qisqarishiga umid qilsa bo‘ladi.
Germaniya hukumati vakili Ulrike Demme Yevropa ittifoqi aksilmonopol organlari besh yirik avtomobilsoz 1990-yillardan buyon mashina ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha o‘z xatti-harakatlarini kelishgan holda amalga oshirib kelgani va bu bilan monopoliya yaratgani borasidagi axborotni tekshirayotganini bildirgan edi.
Izoh (0)