Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya bilan S-400 qurilmalarining yetkazib berilishi bo‘yicha muayyan hujjatlar imzolanganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz bu mavzuda Rossiya bilan muayyan qadamlar tashladik. Imzolar qo‘yildi va, umid qilamanki, biz mamlakatimizda S-400 raketalarini ko‘ramiz. Shuningdek, bu tizimlarni birga ishlab chiqarishni so‘raymiz”, — dedi u.
Erdo‘g‘on Turkiya yillar davomida zenit-raketa qurilmalari xaridi masalasida AQShdan ijobiy javob ololmay kelganini ta’kidlab o‘tdi.
“Bu qidiruvlarimiz natijasi bo‘ldi. NATO a’zosi bo‘lgan Gretsiya uzoq yillardan beri S-300 dan foydalanadi. AQSh bundan tashvishlanyaptimi?”, — qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.
Izoh (0)