Buyuk Britaniya poytaxti London 10 kun davomida para-atletika bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Unda 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etishi to‘g‘risida avvalroq ma’lumot berilgandi.
7 nafar sportchi O‘zbekiston delegatsiyasiga 7 ta medal olib berdi. Shularning 3 tasi oltin bo‘lsa, 4 tasi kumush. Bundan 7 sportchidan 5 nafariga shohsupaga chiqish nasib qilganini ko‘rish mumkin.
Oltin
Aleksandr Svechnikov — nayza uloqtirish (jahon rekordi)Doniyor Soliyev — uzunlikka sakrash (Osiyo rekordi)Xusniddin Norbekov — disk uloqtirishKumush
Sofiya Burxonova — disk uloqtirishSofiya Burxonova — yadro uloqtirishNozima Qayumova — nayza uloqtirishXusniddin Norbekov — yadro uloqtirishO‘zbekistonlik sportchilardan Aleksandr Svechnikov va Doniyor Soliyev rekord o‘rnatishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Soliyev uzunlikka sakrashda 7,18 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilab berdi. 2015-yilgi JChda xitoylik sportchi 7,07 metr bilan rekord qo‘ygandi.
Aleksandr Svechnikov esa nayza otishda 71,01 metr natija qayd etib, jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
London—2017 da 1050 sportchi 213 ta medal uchun kurash olib bordi.
Izoh (0)