Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda joriy etilayotgan yangi tizimga muvofiq, urilgan cheklar haqidagi ma’lumot nazorat-kassa apparatlaridan soliq organlariga yetkaziladi. Bu “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Norma.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

2018-yildan bunday kassa mashinalari Toshkentda, Nukusda va viloyat markazlarida o‘rnatiladi, so‘ng butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etiladi.

“Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi”, — deyiladi farmonda.

Onlayn nazorat-kassa mashinalari nadq tushum nazorati avtomatlashgan tizimining bir qismi bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, amaldagi tizim tovar va xizmatlar yetkazilishida real naqd tushumni hisoblab borish imkoniyatini bermaydi. Ya’ni, unda nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilishi cheklar va kassa jurnallari bilan qallobliklar amalga oshirilishini istisno qilmaydi, bu esa ayrim soliq to‘lovchilar daromadini past ko‘rsatishiga olib keladi. Bu nafaqat davlat budjetiga, balki noteng sharoitda raqobatga dosh berishiga to‘g‘ri kelayotgan halol tadbirkorlarga ham zarar keltiradi.

Onlayn texnologiyalarning joriy etilishi:

  • soliq to‘planishining ko‘payishini;
  • soliq to‘lovchini nazorat qilish uchun bevosita uning yoniga borish ehtiyojining tug‘ilmasligini;
  • adolatli raqobat muhiti yaratilishini;
  • davlatga ham, biznesga ham asqatadigan talab va taklif haqidagi axborotning to‘planishini ta’minlaydi.
“Onlayn nazorat-kassa mashinalariga o‘tilishi nazorat-kassa texnikasi qo‘llanilishidagi shunchaki navbatdagi bir o‘zgarish emas. Bu savdo va xizmat subyektlari soliq ma’muriyatchiligidagi chinakam inqilobdir”, — xulosa qiladi material mualliflari.

Yangi tizimga o‘tilishi:

  • nazorat-kassa apparatlarining yoppasiga yangilariga almashtirilishini yoki modernizatsiya qilinishini;
  • mobil aloqaning yangi va ishonchli kanallari yaratilishini;
  • ulkan miqdordagi axborotni yetkazish, tahlil qilish va saqlash uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini, serverlar xarid qilinishini;
  • kassa texnikasidan foydalanuvchilarni qayta o‘qitishni talab qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)