O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “Madad Invest bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Madad Invest bank” XATB o‘z faoliyatini o‘tgan yilning oktyabrida Farg‘ona viloyatida boshlagan. Joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, bank aktivlari 42,7 milliard so‘m, jami majburiyatlari — 28,7 milliard so‘m, kredit qo‘yilmalari — 34 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Izoh (0)